Har bir DevOps muhandisi bilishi kerak bo'lgan 5ta dasturlash tillari.

DevOps va System Engineering sohasida albatta dasturlash tillarini bilish ustuvor(prioiritetda) bo'lgan talab emas, lekin bu sohalarda ishlar ekansiz til bilish qanchalik muhim ekanlgini anglab yetasiz. Sababi kichik kompaniyalar ayniqsa jamoa yosh va ilk loyihalarda devops chi sifatida qatnashar ekansiz ba'zida begona kodni o'qishga majbur bo'lasiz ya'ni ba'zi ma'lumotlarni versiyalarni boshqarish tizimlari(Github, Gitlab, Bitbucket...)da saqlash ancha xavfli va tavsiya qilinmaydigan usullardan biridir. ya'ni siz bu ma'lumotlarni tizim yoki kontainerni o'zida saqlashingizga va dasturchilar o'sha qiymatlarni tizimdan o'qiydigan qilishlari kerak bunda sizga ma'suliyat tushishi aniq. Bu dasturlash tilini bilish kerak degan gapga bir asos bo'la oladi deb o'ylayman

Demak boshladik. Albatta quyidagi dasturlash tillarini bilish shart demoqchi emasman

Python Backend dan torib Suniy Intellekt, Mashinali o'qitish yo'nalishlarida ham keng qo'llanilayotgan dasturlash tili bo'lmish ushbu tilni DevOps chi ham bilsa ishi tez bitadi. Python ni DevOps sohasida jarayonlarni avtomatlashtirishda, turli xil skriptlar yozishda, Kloud xizmatlarini ishlatishda juda keng qo'llaniladi

Groovy Javaga asoslangan til bo'lib sohada avtomatlashtirish va testlarni sinashda, pipelinelarni tashkil qilishda keng qo'llaniladi. Jenkinsdan foydalanmaguncha Groovy ni bilmaganman, keyinchalik bildimki Groovy ni bilgan muhandis Jenkins pipelinelarni osongina tashkillashtira olar ekan.

Golang Google kompaniyasining dasturlash tili hisoblangan Golang asosan microservis arxitekturasiga asoslangan loyihalarda juda keng qo'llanilsada Docker xatto Kubernetes ham Golangda yozilgan deyishadi. Deploymentda chiqqan xatolarni debug qilishda foyda berishi mumkin. Agar loyiha Go da yozilgan bo'lsa)

Bash Albatta bu script yozishga asoslangan til, qayta-qayta takrorlanadigan jarayonlarni va deploymentni avtomatlashirish uchun Bash juda qulay. *nix tizimlarida hech qanday dasturlash tilini o'natmay turib bash orqali script yozib ishlarni tezda hal qilsa bo'ladi

E'tibor uchun rahmatlar)